Gaaga Hakamlik sudi Filippinning Janubiy Xitoy dengizi hududidagi orollarning egalik qilish bo‘yicha da’vosini qondirgach, g‘azabga kelgan xitoylik millatchilar AQShga qarshi ommaviy noroziliklar uyushtira boshladi, deb xabar bermoqda TJournal.
Internetda namoyishchilarning iPhone’larni sindirayotgan hamda KFC restoranlariga norozilik bildirayotgan videolari katta shuhrat qozonmoqda.
AQSh kompaniyalariga nisbatan boykot Janubiy Xitoy dengizi borasidagi bahsda amerikaliklar Filippinni qo‘llab-quvvatlaganidan so‘ng boshlandi. Yosh xitoyliklar Apple va KFC brendlarini AQSh ramzi deb hisoblaydi.
Xitoyning Weibo (Twitter’ning analogi) ijtimoiy tarmog‘ida foydalanuvchilar boshqalarni ham shu ishga undab, sindirilgan iPhone rasmlarini yuklashga chaqirib, “Agar bu ishni qilmasang — xitoylik emassan!” qabilidagi gaplarni yozib qoldirmoqda.
Qayd etish kerakki, 2016-yilda Xitoy iPhone telefonlarining sotilishi bo‘yicha AQShdan o‘zib ketgandi.
Xitoyning “Sinxua” rasmiy axborot agentligi aholini o‘z g‘azabini mol-mulkida aks ettirmaslikka chaqirdi. Agentlik ularning g‘azabi o‘rinli ekanini tan oldi, ammo vatanparvarlikning bunday xatti-harakatini qoraladi.
Xitoy Gaaga Hakamlik sudining Janubiy Xitoy dengizi hududlari muammosini ko‘rib chiqish huquqini rasman tan olmadi va qarori ijrosini bajarmaydi.
Izoh (0)