Bir necha kunlardan buyon to‘xtamayotgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Buyuk Xitoy devorining bir qismi o‘pirilib tushdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Devor ostidagi yerning ko‘chishi tufayli qadimiy inshootning 30 metrlik hududi to‘kilib tushdi. Voqea Pekindan 50 kilometr naridagi Szyuyyunguan qopqasi yaqinida ro‘y berdi.
Shu atrofda joylashgan Shisanlin yodgorlik majmuasi vakilining so‘zlariga qaraganda, ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan.
Izoh (0)