2017-yilning ikkinchi yarmida Yevropa Ittifoqi Kengashida Buyuk Britaniya o‘rniga Estoniya raislik qiladi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Bir muddat ilgari Buyuk Britaniya Kengashdagi raisligidan voz kechishi ma’lum bo‘lgan edi. Shu munosabat bilan Estoniya o‘z navbati kelishidan yarim yil oldin, 2017-yilning 1-iyulidan e’tiboran Kengash raisligiga o‘tiradi.
Ayni paytda Kengashga Slovakiya raislik qilmoqda, 2017-yil boshida uning o‘rnini Malta egallaydi.
Izoh (0)