Shveysariyaning Alp tog‘larida aka-uka tomonidan ochiq havodagi (open air) mehmonxona ochildi. Devor va tomsiz mehmonxona dengiz sathidan 1,97 ming metr balandlikda joylashgan. Bu haqda The Press TV’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Dunyodagi birinchi ochiq havodagi mehmonxona yulduz tasnifiga ega emas. Bu yerda bir kecha tunab qolish 260 dollarni tashkil etadi. Bunday mehmonxonada erta bahordan kechki kuzgacha joy olish mumkin.
Mehmonxona to‘rt tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan. Uning tashrifchilariga ajoyib manzaradan tashqari xizmatchi servisi, ovqat va ichimliklar taklif qilinadi.
Izoh (0)