Meksikada 17-iyul, yakshanba kuni yuz bergan ikkita yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 25 nafardan ziyod odam jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Meksika rasmiylarining ma’lum qilishicha, markaziy Keretaro shtatida avtomobil poytaxtga yo‘l olayotgan 150 ziyoratchidan iborat guruhga urilgan. Halokat natijasida 6 kishi hayotdan ko‘z yumdi, jarohat olganlarning 13 nafari shifoxonaga yetkazildi.
Qariyb ikki soatdan so‘ng mamlakat shimolidagi Nuevo-Leon shtatida turistlar avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Olti kishi, shu jumladan, bir bola voqea joyida halok bo‘ldi. Yana 15 nafari jabrlandi. Tergov versiyasiga ko‘ra, avtobus haydovchisi uxlab qolgan va boshqaruvni yo‘qotgan.
Mamlakat rasmiylari bo‘lib o‘tgan ikki yo‘l-transport hodisasining sabablarini o‘rganishga kirishdi. Ayni damda ziyoratchilarni urib ketgan haydovchining shaxsi aniqlandi, u qidirilmoqda.
Izoh (0)