Isroil armiyasining ikki nafar harbiysi Golan tepaliklarida granataning tasodifiy portlashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda AFP agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Xermon tog‘i yaqinidagi harbiy lagerga kirish joyida granataning portlashi oqibatida ikki nafar harbiy halok bo‘ldi, yana uch nafari yaralandi”, – deyiladi Isroil armiyasining bayonotida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar 20 va 24 yoshda bo‘lgan. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari boshlab yuborildi.
Izoh (0)