BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Turkiyada qisqa muddatlarda demokratik prinsiplar asosida fuqarolik hokimiyatining va konstitutsion tartibning qayta tiklanishiga umid bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Bosh kotib har qanday davlatning ishiga harbiy aralashuvga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tdi”, — deyiladi xalqaro tashkilot tarqatgan bayonotda.
Bundan tashqari, Pan Gi Mun mavjud vaziyatda fuqarolarning fundamental huquqlariga rioya etilishi, shu jumladan, so‘z va majlislar erkinligi ta’minlanishi hayotiy zarurat ekanligini aytib o‘tdi.
Izoh (0)