Rossiya va Niderlandiya bosh vazirlari Dmitriy Medvedev va Mark Ryutte ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirib borish lozimligini va oradagi tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun MH–17 reysi halokati yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari oshkora olib borilishini ma’qullaydi. Ularning bayonotini “Interfaks” keltirmoqda.
Ryutte va Medvedev o‘rtasidagi suhbat ASEM sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, hukumat rahbarlari ushbu mavzu siyosiylashtirilishiga qarshi ekanliklarini bildirdi.
Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing-777 yo‘lovchi layneri 2014-yil 17-iyulida, Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MH–17 reysini amalga oshirayotgan chog‘da Ukrainaning Donetsk viloyati osmonida urib tushirilgan edi. Fojia oqibatida o‘n mamlakat fuqarosi bo‘lgan 283 yo‘lovchi va 15 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi. Bortdagilarning uchdan ikki qismi Niderlandiya fuqarolari edi.
Izoh (0)