AQSh markaziy qo‘mondonligi O‘zbekiston chegarachilariga oltita MAN yuk mashinasini topshirdi. Bu haqda, AQShning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Samarqandda ishlab chiqarilgan yuk mashinalarining topshirilishi 12-iyul kuni yakunlandi. Ular chegara qismlari avtoparkini kengaytiradi.
O‘tgan yili AQSh markaziy qo‘mondonligi o‘zbekistonlik chegarachilariga 20 ta shu turdagi transport vositalarini taqdim etgan edi.
Izoh (0)