Rossiya Federal xavfsizlik xizmati “Gelandewagen paradi” nomini olgan ish yuzasidan ichki tekshiruvni yakunladi, deb xabar beradi “TASS”.
Iyul oyining boshida FXX akademiyasi bitiruvchilari Moskva bo‘ylab Gelandewagen rusumli mashinalarda o‘tgani katta shovshuvga sabab bo‘ldi. O‘ziga xos paradda 28 ta mashina qatnashgandi.
Voqea yuzasidan o‘tkazilgan ichki tekshiruv yakunlariga ko‘ra xavfsizlik organlari xodimlariga qo‘yiladigan maxsus talablar buzilgani bois akademiyaning bir necha bitiruvchisiga nisbatan prinsipial choralar ko‘rilgani ma’lum qilindi.
Akademiyaning rahbar kadrlariga nisbatan ham choralar ko‘rilib, bir necha rahbar lavozimidan ozod qilinishi, bir nechasining esa lavozimi pasaytirilishi aytilmoqda.
Izoh (0)