Suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Vladislav Mustafin joriy yilning 5–21-avgust kunlari Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma oldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mustafin Belgiyaning Antverpen shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda 100 metr masofaga brass usulda suzish bahslarida 1:00,61 daqiqa natija qayd etib, Rio–2016 o‘yinlarining yo‘llanmasi uchun belgilangan me’yorni bajardi.
Eslatib o‘tamiz, Vladislav Mustafinga qadar suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining yana bir a’zosi – Ra’noxon Amanova 200 va 400 metr masofalarga kompleks usulda suzish bo‘yicha Rio–2016 o‘yinlarining yo‘llanmalariga ega bo‘lgandi.
Izoh (0)