Mustaqil davlatlar hamdo‘stligini zamonaviy sharoitlarga moslashtirish, shuningdek, uning faoliyatini optimallashtirish zarur. Bu haqda xalqaro tashkilot Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Bugun biz 16-sentabr kuni Bishkekda o‘tadigan davlat rahbarlari Kengashi kun tartibi loyihasini ko‘rib chiqamiz. Eng asosiy masala — Hamdo‘stlikni zamonaviy sharoitlarga moslashtirish to‘g‘risidagi qaror loyihasi”, — dedi u Hamdo‘stlikning doimiy vakillari yig‘ilishi arafasida.
Lebedevning ta’kidlashicha, tashkilot faoliyatiga yangi unsurlar kiritilib, samaradorligi oshiriladi. Jumladan, moliyaviy xarajatlar, Ijroiya qo‘mitasi miqdori optimizatsiya qilinadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)