Liviyaning Bengazi shahri yaqinidagi portlashda 12 kishi halok bo‘ldi
Liviyadagi nufuzi jihatidan ikkinchi shahar hisoblanadigan Bengazi shahri yaqinida sodir etilgan portlashda 12 nafar harbiy halok bo‘ldi, 35 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6-iyul, chorshanba kuni IShIDga mansub xudkush minalashtirilgan avtomobilni portlatib yuborgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar