Janubiy Koreya hukumati AQSh moliya vazirligining KXDR mansabdor shaxslari, jumladan mamlakat yetakchisi Kim Chen Inga qarshi sanksiyalar kiritish haqidagi qarorini ma’qulladi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Janubiy Koreya hukumati AQShning KXDRda inson huquqlari buzilishiga aloqador shaxslarga nisbatan sanksiyalar kiritish qarorini ma’qullaydi”, — deyiladi mamlakat TIV xabarida.
Hujjatda, shuningdek, ushbu sanksiyalar KXDRda inson huquqlari doimiy ravishda va keng ko‘lamda buzilishi haqida dunyo bo‘yicha yaxshiroq tushunchaga olib kelishiga umid bildirildi.
AQSh 6-iyul, chorshanba kuni KXDR yetakchisi Kim Chen Inga inson huquqlarini buzganlik uchun sanksiyalar kiritishga qaror qildi. Kim Chen In bilan birga, KXDRning yana o‘nlab siyosatchilari, shuningdek, beshta korxona sanksiyalarga uchradi.
Izoh (0)