Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCh–2018 turniri uchrashuvlarida ayol hakam ishlashini taklif qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“JCh–2018 turniri borasida taklifim bor. Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchrashuvlarida ayol hakam ishlasa yaxshi bo‘lardi. FIFA bu masala ustida ish olib borib, imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi”, – dedi Infantino.

Agar Infantinoning taklifi qabul qilinsa, jahon chempionatining final bosqichida ilk bor ayol hakam ishlaydi. Bundan avval ayol hakamlar yevrokuboklarda va xalqaro turnirlarning saralash uchrashuvlarida ishlagan.

Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha jahon chempionati 2018-yilning 14-iyunidan 15-iyuliga qadar Rossiyaning 11 shahri – Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Sochi, Nijniy Novgorod, Samara, Kaliningrad, Yekaterinburg, Saransk, Volgograd va Roston-Donda, jami 12 ta stadionda bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi