Maydonda darvozabon sifatida harakat qiluvchi Kichik Joze Mario Mourinyo Angliyaning “Fulxem” jamoasi bilan professional shartnoma imzoladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Shartnoma ikki yilga mo‘ljallab imzolandi.
Taniqli futbol mutaxassisi, “Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyoning o‘g‘li bo‘lmish futbolchi faoliyatini londonliklarning U–18 jamoasidan boshlashi kutilmoqda.
Kichik Mourinyoning bobosi (uning ham ismi Joze) ham darvozabon bo‘lgan.
Izoh (0)