KXDR Qo‘shma Shtatlarning dushmanlik harakatlariga javoban yadroviy qudratini kuchaytirishda davom etadi. Bu haqda “Nodon sinmun” gazetasiga respublika Tashqi ishlar vazirligi vakili ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Diplomat “KXDRni yakkalab qo‘yish va bo‘g‘ish maqsadida xalqaro kampaniyani astoydil kengaytirayotgan” Vashington bilan muloqot qilish ehtimolini rad etdi.
Bayonotga ko‘ra, Amerikaning qanotli raketalar bilan jihozlangan USS Mississippi atom suvosti kemasining Janubiy Koreyaning Pusan portiga kirib kelishi, uning havo hududida B-52 srtategik bombardimonchi samolyotlari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlarining o‘tkazilishi va “Pxenyanni bosib olish” rejalarining ishlab chiqilishi KXDRni g‘azablantirgan.
Izoh (0)