Butun O‘zbekiston bo‘ylab mobil aloqa operatorlarining 16,5 mingta baza stansiyalari o‘rnatilgan, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tayanib.
So‘nggi o‘n yil ichida mamlakatda mobil aloqa abonentlari soni 7,5 marta o‘sdi. 2016-yil boshida mobil aloqa foydalanuvchilari soni rasman 22,9 millionni tashkil qildi.
O‘zbekistonda mobil aloqa xizmatlarini Beeline (GSM), Ucell (GSM), UMS (GSM), Uzmobile (GSM va CDMA) va Perfectum Mobile (CDMA) operatorlari taqdim etadi.
Izoh (0)