Moskvalik jurnalist, musiqachi va bloger Pyotr Salnikov dala hovlisida Leucochloridium paradoxum paraziti tomonidan zararlangan “zombi” shilliq qurt topib oldi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida gapirib berdi, deb yozmoqda TJournal.
“Dala hovlida zombi shilliq qurt topib oldim — uning ko‘zlarida sporotsista yashaydi, u paypaslagichlarini yashirishga qo‘ymaydi va turli ranglarda pulsatsiya beradi. Shu tariqa, shilliq qurtni qushlar ko‘rib qoladi va yeydi, so‘ng sporotsitani chiqarib yuboradi, u shu yo‘l bilan keyingi shilliq qurtga joylashadi”, — deb yozadi jurnalist.
“Nega zombi? — so‘zida davom etdi Salnikov. — Chunki sporotsita tufayli shilliq qurt ko‘r bo‘lib qoladi va instinktiv ravishda yorug‘likka qarab o‘rmalaydi”.
O‘rtacha ikki millimetr uzunlikdagi Leucochloridium paradoxum yassi qurti uchun shilliq qurt oraliq tashuvchidir. Unga lichinka joylashadi, so‘ng u yuzlab mayda lichinkalardan iborat sporotsitaga aylanadi.
Izoh (0)