Fransiyaning “PSJ” klubi rahbariyati “Barselona” jamoasi hujumchisi Neymarni sotib olish haqida o‘ylamasa ham bo‘ladi. Bu haqda 24 yoshli braziliyalik futbolchining otasi va shu bilan birga agenti parijliklar vakillariga ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
Neymarning otasi “PSJ” rahbariyatiga o‘g‘li “Barselona”ni tark etish niyati umuman yo‘q ekanini aytdi. Avvalroq Neymar 2017-yilda Parij klubi safiga o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Braziliyalik hujumchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2018-yilga qadar mo‘ljallangan. Ilgariroq tomonlar kelishuvni 2022-yilgacha uzaytirish borasida kelishuvga erishgani xabar qilingandi. Neymar yangi bitimga shu hafta imzo chekishi mumkinligi aytilmoqda.
Oldinroq Neymarning otasi “Real”da uning o‘g‘lini sotib olish uchun imkoniyatlar nolga teng ekanini aytgandi.
Izoh (0)