Daryo

OAV: Neymar 2017-yilda “PSJ” klubiga o‘tish uchun rozilik berdi

Neymarning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2018-yilga qadar mo‘ljallangan

1 daqiqa o‘qish15 176 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Fox Sports

“Barselona” hujumchisi Neymar 2017-yilning yozida “PSJ” klubiga o‘tishga rozilik berdi. Bu haqda Braziliyaning UOL nashriga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.

Foto: Fox Sports

Manbaning qayd etishicha, parijliklar 24 yoshli futbolchining shartnomasida belgilangan 192 million yevro tovon pulini to‘lashi kerak bo‘ladi. Neymar “PSJ”dan “Barselona”da olayotgan maoshidan ikki karra ko‘proq oladi. Braziliyalik futbolchi Ispaniyada soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda gumon qilinayotgani uchun ham Parij klubiga o‘tish uchun rozilik bergan.

Neymarning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2018-yilga qadar mo‘ljallangan. Avvalroq hujumchi “Barselona” bilan shartnomasini 2022-yilgacha uzaytirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar