Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AQShdagi Intermauntin tibbiyot markazi xodimlari bemordagi saraton shishi qayerda joylashganini yanada aniqroq bilish uchun 3D-printerda chop etilgan buyrakdan foydalandi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Foto: “Kidneybuzz.com”

Foto: “Kidneybuzz.com”

Kasalxona shifokorlari bemor Linda Grinda saraton shishi paydo bo‘lishi bilan bog‘liq og‘ir vaziyatga duch keldi. Gap shundaki, shish buyrak arteriya va vena qon tomirlariga juda yaqin joylashgan edi. Shishni olib tashlash bo‘yicha jarrohlik operatsiyasi bemor hayoti uchun katta xavfga ega edi.

Shunda shifokorlar zararlangan to‘qimani yanada aniqroq qilib o‘rganish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga qaror qildi. Ular kompyuter topografi yordamida organning bo‘rtma modelini yasadi va uni ikkita tarkibiy qism ko‘rinishida 3D-printerda chop qildi. Shu tariqa, ular shish joylashgan joyni yanada aniqroq bilib oldi va operatsiyaga kirishdi.

Operatsiyaga rahbarlik qilgan doktor Jey Bishoff fikricha, ushbu operatsiya — yuqori texnologiyali tibbiyotga qarab olg‘a tashlangan katta qadam.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Pul
O‘zbekiston ochiq ma’lumot manbalari bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinni egalladi
Mahalliy
O‘zbekistonning ayrim hududlarida 8-oktabr kuni kechasi harorat 3 darajagacha tushadi
Dunyo
BMTda Shinjondagi uyg‘urlarga nisbatan jinoyatlarni tekshirishga 19 ta davlat qarshi chiqdi, ular orasida O‘zbekiston va Qozog‘iston ham bor