24-iyun kuni YouTube’dagi TechRax kanaliga yangi rolik joylandi, unda Koka-kola bilan to‘ldirilgan basseyn qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini namoyish etishdi va hech qanday sabablarsiz unga 1400 dollarlik uchuvchisiz uchar qurilmani g‘arq qilishdi, deb yozadi TJournal.
Rolik mualliflari 5600 litrlik suv havzasi aynan gazli ichimlik bilan to‘ldirilganini isbotlash uchun unga Mentos konfetlarini tashladi, ular o‘ziga xos burqirashni keltirib chiqardi.
Ikki kecha-kunduz ichida g‘ayrioddiy video 7 million martadan ko‘proq tomosha qilindi.
YouTube’dagi ushbu kanal egalari internet foydalanuvchilarini o‘z isrofgarchiliklari bilan birinchi marta hayron qoldirishi emas. Bungacha ular iPhone 6 smartfonini koka-kolada va oddiy suvda ham qaynatib ko‘rgan, shuningdek, Samsung Galaxy S flagmanlarining oltita avlodini drop-test yordamida sinab ko‘rgan edi.
Izoh (0)