AQSh janubi-g‘arbidagi Kaliforniya shtatida harorat Selsiy bo‘yicha 47 darajaga yetmoqda. WhenInYourState portali YouTube’dagi kanalida chop etgan videolavhada jaziramadan ovqat tayyorlashda qanday foydalanish mumkinligini namoyish etdi, deb xabar bermoqda TJournal.
Videoda ko‘rsatilganidek, steyk tayyorlash uchun asfaltga metall barkash qo‘yish kifoya.
Lamborghini Gallardo avtomobilining saloni esa bu havoda pechenye pishirishga mo‘ljallangan duxovkaga aylanib qolar ekan.
Izoh (0)