Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh Davlat departamenti xodimlari Suriya hukumat qo‘shinlariga “Yugoslaviya ssenariysi” bo‘yicha zarba berishni taklif qildi. Bu haqda o‘nlab mansabdorlar tomonidan imzolangan maktub ixtiyoriga kelib tushgan The New York Times nashri ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

Foto: The New York Times

Foto: The New York Times

“Biz AQShning uzoq masofadagi qurol va havodan zarbalarga asoslangan Suriyadagi yanada faol harbiy ishtirokini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bu AQSh rahbarligida maqsadli va tajovuzkor diplomatik jarayonni ilgari surishga ko‘mak bergan bo‘lardi”, — deyiladi maktubda.

Izoh berilishicha, gap uzoq masofadan uchiriladigan va hukumat qo‘shinlariga bunday zarbalarga javob qaytarishga imkon bermaydigan qanotli raketalar haqida ketmoqda. Gazeta AQSh boshchiligidagi NATO koalitsiyasi 1999-yili Yugoslaviyada shunday usulni qo‘llagani va bu mazkur mamlakat rasmiylarini Kosovo mustaqilligi e’lon qilinishi bilan yakunlangan siyosiy muloqotni boshlashga majbur etganini eslatib o‘tgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hammasi qahvaxonadan boshlangan”: Kemeron Dias va Dryu Berrimorning vaqt sinovidan o‘tgan do‘stligi (foto)
Dunyo
Xitoy sobiq rahbari Szyan Szemin 96 yoshida vafot etdi
Dunyo
Yevrokomissiya: Urushda 100 ming ukrainalik askar va 20 ming tinch aholi halok bo‘ldi (video)