Dunyo bo‘ylab sayohatni amalga oshirayotgan, quyosh batareyalarida ishlovchi Solar Impulse 2 samolyoti Atlantika okeani uzra parvoz qilib, Ispaniyaning Sevilya shahriga qo‘ndi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Avvalroq Solar Impulse 2 Nyu-Yorkdan uchib ketgani haqida xabar berilgandi. Shveysariyalik uchuvchi Bertran Pikar boshqaruvidagi samolyot Nyu-Yorkdan Sevilyagacha qariyb uch kun davomida parvoz qilib, 6,3 ming kilometr masofani bosib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Solar Impulse 2 dunyo bo‘ylab sayohatini 2015-yilning 9-mart kuni Abu-Dabidan boshlagandi. O‘tgan yili yozda samolyot 120 soat davomida uzluksiz parvoz qilib, to‘xtalishsiz amalga oshirilgan parvoz bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
Izoh (0)