Twitter Inc. 21-iyun, seshanba kuni Apple va iOS dasturiy ta’minotidagi uskunalarga mo‘ljallangan Twitter Engage nomli yangi mobil dasturi taqdimotini o‘tkazdi. U Twitter tarmog‘idagi mikrobloglarga 140 sekund uzunlikkacha bo‘lgan videokliplarni joylashtirish imkonini beradi, deb xabar qilmoqda “Interfaks”.
The Wall Street Journal nashrining bildirishicha, dastur videoblogerlarning ijtimoiy tarmoqdagi auditoriyasini o‘stirishiga va pul topishiga ko‘mak berish maqsadida ishlab chiqilgan.
Twitter Engage foydalanuvchilari o‘z videolariga bildirilgan munosabatni real vaqt rejimida bilib turadi. Bundan tashqari, dastur yana qator boshqa vazifalarni bajaradi.
Dastur orqali joylashtiriladigan videokliplar namoyishi oldidan foydalanuvchilarga reklama roliklari ko‘rsatilishi mumkin. Bunday reklama vaqtini Twitter’ning avtomatlashtirilgan tizimlari orqali reklama beruvchilarga sotish mumkin bo‘ladi. Bunda videoklip egasi Amplify Open dasturi ishtirokchisi bo‘lishi talab etiladi.
Izoh (0)