Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) Rossiya terma jamoasi futbolchilariga Uelsga qarshi Yevro–2016 guruh bosqichi so‘nggi turida Kareliyada halok bo‘lgan 14 nafar bola xotirasiga qora bog‘ichlar taqishga ruxsat bermadi. Bu haqda, “Match TV”ga tayanib, TJournal xabar bermoqda.
Rossiyaning Kareliya Respublikasida joylashgan Syamozero ko‘lida po‘rtana oqibatida 14 bola cho‘kib ketgani haqida xabarlar ommalashganidan so‘ng Rossiya terma jamoasi sardori Vasiliy Berezutskiy bugun, 20-iyun kuni Uelsga qarshi o‘yinda maydonga qora bog‘ichlarda tushish niyati bor ekanini bildirgandi. Ammo UEFA noma’lum sabablarga ko‘ra ushbu aksiyani o‘tkazishga ruxsat bermadi.
Izoh (0)