Fransiyada davom etayotgan Yevropa Chempionatining “E” guruhida 2-tur o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. 17-iyun kuni Italiya terma jamoasi Shvetsiya ustidan minimal hisobda zafar quchgan bo‘lsa, 18-iyunga kelib Irlandiya Belgiyaga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.
Belgiya va Irlandiya o‘yinining birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Hisob ochilgandek ko‘ringan vaziyatda turkiyalik Junay Chaqir o‘yindan tashqari holatni payqab, golni inobatga olmadi.
Ikkinchi taymning uchinchi daqiqasida Romelu Lukaku Belgiyaning Yevro—2016 dagi ilk goliga mualliflik qildi. Qayd etish kerak, Belgiya terma jamoasi safida maydonga tushgan futbolchilar avvalgi qit’a chempionatlarida ishtirok etmagandi.
61-daqiqaga kelib Aksel Vitsel irlandlar darvozasiga kiritilgan ikkinchi golga mualliflik qildi. 70-daqiqada esa Romelu Lukaku dublga erishib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Qarshi hujumda faol ishtirok etgan Eden Azar maydonning yarmidan ko‘prog‘ini bosib o‘tib, Lukakuni golli pas bilan ta’minlagandi.
Shu tariqa “Everton” futbolchisi Yevro—2016 da dublga erishgan Alvaro Moratadan keyin ikkinchi futbolchiga aylandi. Shuningdek, Dimitri Payet, Garet Beyl, Bogdan Stanku kabi futbolchilar hisobida ham 2 tadan gol bor.
2-turdan keyin Italiya terma jamoasi 6 ochko bilan “E” guruhini boshqarib turibdi. Belgiya hisobida 3, Shvetsiya hamda Irlandiyada 1 tadan ochko bor.
[wpse_match id="351447" show_title=1]
Izoh (0)