10-iyun kuni start olgan Yevro—2016 ning “C” guruhida 2-tur o‘yinlari start oldi. Uning birinchi uchrashuvida Ukraina terma jamoasi Shimoliy Irlandiyaga imkoniyatni boy berdi.
1-turni har ikki mamlakat bosh jamoalari mag‘lubiyat bilan boshlagandi. Shimoliy Irlandiya Polshadan 0:1 hisobida mag‘lubiyat qabul qilib olgan bo‘lsa, Ukraina Germaniyadan 0:2 hisobida yengilgandi.
Tomonlarning o‘zaro to‘qnashuvida Garet Makauli hisobni ochishga erishdi. 49-daqiqaga kelib Shimoliy Irlandiya terma jamoasi a’zolari jarima zarbasini amalga oshirdi. Ikkinchi qavatda faol harakat qilgan Makauli Ukraina darvozasiga yo‘l topdi.
96-daqiqaga kelib esa Nayal Makginn o‘zini ko‘rsatib, Ukraina darvozasiga ikkinchi golni kiritdi — 0:2. Shu tariqa Ukraina qatorasiga ikkinchi uchrashuvda ham 2 ta gol o‘tkazib, birorta gol urmagan jamoaga aylanib qoldi.
Mazkur uchrashuv 58-daqiqada noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir necha daqiqaga to‘xtatildi. Kuchli yomg‘ir sabab hakamlar brigadasi shunday qaror qabul qildi. Yomg‘irdan keyingi o‘yinda ham Ukraina terma jamoasi a’zolari vaziyatni o‘nglay olmadi.
[wpse_match id="351440" show_title=1]
Izoh (0)