Uch yoshli qiz ustiga budda ibodatxonasidagi qo‘ng‘iroqlarning tushib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda 16-iyun kuni Bangkok Post nashri xabar berdi.
Voqea Nakxonratchasima provinsiyasida sodir bo‘ldi. Mahalliy bolalarni rivojlantirish markazining 16 tarbiyalanuvchisidan iborat guruh yaqin atrofda joylashgan ibodatxonaga ekskursiya borgan edi. Bolalarni tarbiyachilar nazorat qilayotgan edi.
Bir payt noma’lum sababga ko‘ra g‘ishtli ustunlardan biri quladi, unga mustahkamlangan qo‘ng‘iroqlar pastda o‘ynab yurgan uch bolaning ustiga tushib ketdi. Ikki bola yengil jarohatlar oldi, jiddiy yaralangan qiz shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Voqea yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)