Checheniston parlamenti, vakolati tugashiga ikki yil bo‘lishiga qaramay, muddatidan oldin o‘zini o‘zi tarqatib yuborishga qaror qildi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi TJournal.
Parlamentariylarning vakolat muddati 2018-yilning sentabrida yakuniga yetishi kutilayotgan edi. Ammo joriy yilning 16-iyun kuni deputatlar kun tartibiga parlamentni tarqatish masalasini qo‘ydi va ushbu qarorni ko‘pchilik yoqlab chiqdi.
https://www.instagram.com/p/BGt_kFiiRv3/
Parlament saylovlari 2016-yilning 18-sentabriga belgilandi. O‘sha kuni Checheniston Respublikasi rahbari saylovlari ham o‘tkaziladi. Qodirovning so‘zlariga qaraganda, bundan ko‘zlangan maqsad budjet mablag‘larini tejashdir.
Izoh (0)