“Daryo” internet-nashri Ucell savdo belgisi bilan hamkorlikda Telegram messenjeridagi @daryobot botida “Yevro—2016” qo‘shma aksiyasini boshlagan va u davom etmoqda.
Futbol bo‘yicha 2016-yilgi Yevropa chempionati uchrashuvlarini natijalarini to‘g‘ri topib, aqlli gadjetlarning egasiga aylanish uchun 15-iyun holatiga ko‘ra 4733 nafar ishtirokchi musobaqalashmoqda.Agar siz ushbu aksiyada ishtirok etayotgan bo‘lsangiz, ovoz berish uchun xabarnomalarni muntazam olib turibsiz. Shuningdek, bildirayotgan taxminingiz uchun qancha ball olayotganingiz va umumiy necha ball to‘plaganingiz haqidagi ma’lumotlar Yevro—2016 ning har bir o‘yini yakuniga yetishi bilan sizga jo‘natilmoqda.
1-turdan keyin faqatgina bir ishtirokchi hisobida 25 ochko bor va bu hozircha eng yaxshi ko‘rsatkich. Mazkur ishtirokchi kiritgan taxminlarning teng yarmi, ya’ni, 6 tasi aniq bo‘lib chiqdi. “E” guruhidagi Portugaliya — Islandiya, Vengriya — Avstriya kabi kutilmagan natijalar qayd etilgan o‘yinlarni inobatga olmasa, aksiyada yetakchi bo‘lib turgan ishtirokchi qolgan barcha o‘yinlarda ochko olishning uddasidan chiqa olgan.
2—3-o‘rinlarda borayotgan yana ikki ishtirokchi hisobida 23 tadan ochko bor. Turnir jadvalidagi o‘rinlar pastga tushib borgani sayin, bir xilda ochko to‘plagan ishtirokchilar soni shuncha ko‘payib boraveradi.
Quyida 19 ochkoga qadar to‘plagan aksiya ishtirokchilari taqdim etildi. Tez orada “Daryo” barcha ishtirokchilar o‘zlari egallab turgan pog‘onani @daryobot orqali bilib olishlari uchun imkoniyat yaratadi. Shunda siz nafaqat to‘plagan ballaringiz, balki ishtirokchilar orasida nechanchi o‘rinda borayotganingiz haqida ham tasavvurga ega bo‘lasiz.
“Yevro—2016” qo‘shma aksiyasida dastlabki 11 pog‘onani egallab turgan ishtirokchilar ro‘yxati
- 99890 5хх х975 — 25 ball
- 99890 3хх х933 — 23
- 99890 6хх х557 — 23
- 99890 6хх х141 — 22
- 99894 3хх х499 — 21
- 99890 3хх х709 — 21
- 99893 4хх х550 — 20
- 99893 5хх х332 — 19
- 99897 3хх х544 — 19
- 99894 3хх х055 — 19
- 99893 5хх х996 — 19
Izoh (0)