AQSh mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha Amerika Kubogi–2016 turnirining guruh bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi va barcha chorak final ishtirokchilari aniqlandi. Pley-off bosqichining so‘nggi yo‘llanmasini Chili termasi qo‘lga kiritdi.
Bundan avval Kolumbiya, AQSh, Argentina, Peru, Ekvador, Meksikava Venesuela terma jamoalari chorak final chiptasiga ega bo‘lgandi. Quyida 1/4 finalda bahs olib boradigan juftliklar bilan tanishing.
Amerika Kubogi–2016. Chorak final juftliklari
AQSh – EkvadorPeru – KolumbiyaArgentina – VenesuelaMeksika – Chili
Ma’lumot o‘rnida, chorak final uchrashuvlari Toshkent vaqti bilan 17—19-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)