Iroq mudofaa vaziri Xolid al-Ubaydiy 13-iyun, dushanba kuni Al-Fallujada IShID jangarilarining marralarini bombalagan bo‘linmaga shaxsan rahbarlik qildi va F-16 samolyotlaridan biriga o‘zi o‘tirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Mudofaa vaziri F-16 va L-159 samolyotlaridan iborat silsilaga shaxsan qo‘mondonlik qilib, Al-Fallujada terrorchilarning marralariga aviazarbalar bermoqda”, — deyiladi mudofaa vazirligi matbuot xizmati tarqatgan xabarnomada.
2016-yil mayida Iroq armiyasi Al-Fallujani ozod qilish operatsiyasini boshlagan edi. Ayni paytda shahar amalda harbiylar qo‘lida ekanligi bildirilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)