UEFA ikki davlat terma jamoalarining Yevro–2016 doirasidagi uchrashuvida ishqibozlarning noloyiq fe’l-atvori tufayli Turkiya futbol federatsiyasi va Xorvatiya futbol ittifoqiga qarshi axloqiy ish ochdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
UEFA rasmiy saytida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, Turkiya termasi ishqibozlari pirotexnikadan foydalangan, shuningdek, maydonga begona buyumlarni uloqtirgan. Xorvatiya tomoni ham pirotexnika mahsulotlaridan foydalanishda ayblanmoqda. Bundan tashqari, xorvatiyalik muxlislardan biri uchrashuv chog‘ida maydonga yugurib chiqqan.
Ishlar 21-iyun kuni ko‘rib chiqiladi.
12-iyun, yakshanba kuni Parijda o‘tkazilgan uchrashuv xorvatlar foydasiga 1:0 hisobi bilan yakunlandi.
Izoh (0)