Yaponiya orollari janubida AQSh, Hindiston va Yaponiya ishtirokidagi “Malabar” harbiy-dengiz o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda, mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Yaponiyaning eng janubiy orollari hududida o‘quv mashg‘ulotlari o‘zining faol bosqichiga 14—17-iyun kunlari o‘tishi ta’kidlanmoqda. Tomonlar havo hujumiga qarshi, dengiz hujumiga qarshi harakatlarni ishlab chiqishi, shuningdek, mashq qidiruv-qutqaruv operatsiyalarini o‘tkazishi ma’lum qilinmoqda.
Yaponiya tomonidan mashg‘ulotlarda minomyot va vertolyot tashuvchi Hyuga, shuningdek, qayiq hujumiga qarshi P-3C samolyotlari va US-2 qidiruv-qutqaruv samolyotlari qatnashadi. AQShni esa “Jon K. Stennis” aviatashuvchisi taqdim etadi. Hindiston tomonidan mashg‘ulotlarda bir nechta kema, jumladan, “Saxyadri” va “Satpura” ko‘rinmas fregatlari ishtirok etadi.
AQSh va Hindiston o‘rtasidagi “Malabar” o‘quv mashg‘ulotlari 1992-yildan buyon o‘tkazilib kelinadi. 2007-yilda ularga Yaponiya ham qo‘shilgan.
Izoh (0)