11-iyun, shanbaga o‘tar kechasi Kobul markazida Hindiston fuqarosi bo‘lgan nohukumat tashkilot xodimasi o‘g‘irlab ketildi. Uni noma’lum qurolli shaxslar qo‘lga olgan, deb xabar qilmoqda “Interfaks”.
Jinoyatning sodir etilishi bilan bog‘liq hech qanday tafsilotlar hozircha ma’lum emas. Faqat 40 yoshli hindistonlik ayol Afg‘onistondagi nohukumat tashkilotlardan birida ishlashi aniqlandi.
Izoh (0)