Xitoy aholisi 1,3 milliard kishidan oshadi. Statistik ma’lumotlarning dalolat berishicha, mamlakatda aholi zichligi 1 kvadrat kilometrga 139 kishini tashkil etadi.
Shunga qaramay, Xitoyda ham kimsasiz joylar bor ekan. Gansu provinsiyasida joylashgan tashlandiq Syuenshanshe arvoh-qishlog‘i mana shunday go‘shalardan biridir. U yerda bir kishi — Lyu Shengdzya ismli erkak istiqomat qiladi.
Uning barcha qishloqdoshlari yo vafot etgan, yo boshqa joylarga ko‘chib ketgandir. O‘n yildan buyon u bu yerda yolg‘izlikda yashab kelmoqda. Lyu qo‘y boqadi va odamlar gavjum bo‘lgan shaharlarga mutlaqo intilmaydi.
TravelAsk Lyuning turmush tarzi aks etgan fotosuratlarni taqdim etdi.
Izoh (0)