Rossiya 2015-yilda jahon bozoriga neft yetkazib berish bo‘yicha Saudiya Arabistonidan o‘zib ketdi. Yillik statistik tahlil ma’lumotlari mamlakat “qora oltin”ning eng yirik eksportchisiga aylanganidan dalolat beradi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Rossiya o‘tgan, 2015-yilda 74,9 foiz qazilma neft va 33,7 foiz gaz yetkazib berdi.
Shu bilan bir paytda Rossiyaning neft va gaz bo‘yicha ichki iste’moli tegishli tartibda 5,2 va 5 foizga pasaydi.
Mamlakatning energiya zaxiralari umumiy sarfi 3,3 foizga qisqardi. Shunga qaramasdan, Rossiya bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy, AQSh va Hindistondan keyingi to‘rtinchi o‘rinni saqlab qoldi.
Rossiya 2015-yilda qazilma yonilg‘ini qazib olish bo‘yicha Xitoy va AQShdan keyin uchinchi o‘rinni egalladi. Mamlakatda neft qazib olish 1,2 foizga oshdi.
Izoh (0)