Su-27 ning halok bo‘lgan uchuvchisining qarindoshlariga 5,8 million rubl miqdorida sug‘urta badali to‘lanadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq Rossiya harbiy-kosmik kuchlarining Su-27 qiruvchi samolyoti Moskva viloyatidagi aerodromga qaytish chog‘ida halokatga uchragani xabar qilingan edi. Samolyotning qulashi oqibatida halok bo‘lgan uchuvchi Rossiya “Sogaz” guruhida 2,337 million rublga sug‘urtalangan edi.
Sug‘urta to‘lovidan tashqari, marhumning oilasiga 3,506 million rubl miqdorida bir karralik nafaqa taqdim etiladi.
2015-yilning 1-yanvaridan buyon RF mudofaa vazirligi va “Sogaz” AJ o‘rtasida harbiy xizmatchilar va ularga tenglashtirilgan shaxslarning hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urtalash bo‘yicha davlat shartnomasi amal qiladi.
Izoh (0)