O‘z tarixida ilk bor Osiyo Chempionlar Ligasining chorak finaliga qadar yetib borgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi BAAning “Al-Ayn” klubiga raqib bo‘ldi.
O‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov harakat qiladigan Qatarning “Al-Jaish” klubi esa chorak finalda BAAning boshqa bir vakili “An-Nasr” bilan hisob-kitob qiladi.
Sharqiy mintaqa jamoalaridan chorak finalga qadar Xitoy va Janubiy Koreyaning 2 tadan klubi yetib kelgandi. Qur’a natijasiga ko‘ra bitta mamlakatning ikkita klubi bu zonada ham o‘zaro to‘qnash kelmadi.
Osiyo Chempionlar Ligasi reglamentiga ko‘ra Sharq va G‘arb mintaqasi jamoalari o‘zaro finalga qadar to‘qnash kelmaydi.
Qayd etish kerak, chorak finalga qadar BAA, Xitoy va Janubiy Koreyaning 2 tadan, shuningdek, O‘zbekiston va Qatarning 1 tadan klublari yetib keldi. 2017 yilgi mavsumdan boshlab O‘zbekistonga nisbatan ko‘proq kvotaga ega bo‘ladigan Saudiya Arabistoni, Eron, Yaponiya, Avstraliya kabi mamlakat jamoalari esa musobaqani chorak finalga qadar tark etgandi.
Chorak final bellashuvlarining dastlabkisi 23—24-avgust kunlarida bo‘lib o‘tadi. Javob uchrashuvlari esa 13—14-sentabr kunlariga tayin qilingan.
Osiyo Chempionlar Ligasi Chorak final. Dastlabki uchrashuvlar 23—24-avgust
“Al-Ayn” (BAA) — “Lokomotiv” (O‘zbekiston)“Al-Jaish” (Qatar) — “An-Nasr” (BAA)“Shanxay SIPG” (Xitoy) — “Chonbuk Motors” (Janubiy Koreya)“Seul” (Janubiy Koreya) — Shandong Luneng” (Xitoy)
Izoh (0)