FIFA referisi Viktor Kashshai boshchiligidagi vengriyalik hakamlar brigadasi Fransiya va Ruminiya termalari o‘rtasidagi futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining ochilish uchrashuvini boshqarib boradi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Kashshaiga qanotlarda Gyorgi Ring va Vensel Tot yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasi Byorn Keypersga yuklatildi. Zaxira hakamlari etib Tomash Bognar va Adam Forkosh belgilandi.
Fransiya va Ruminiya o‘rtasidagi uchrashuv “Stad-de-Frans” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 10-iyun yarim tunda start oladi.
Izoh (0)