Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Unda universitet professor-o‘qituvchi va talabalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, ota-onalar ishtirok etdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Tadbirda universitet rektori R. Saidahmedov va boshqalar chiqish qildi.
Bugungi kunda 53 yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanayotgan ushbu oliy ta’lim muassasasida o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar ochiq eshiklar kuniga taklif etildi. Bu galgi tadbir har yilgidan boshqacha tartibda — test sinovlari oldidan o‘ziga xos mashq shaklida o‘tkazildi.
Bo‘lajak abituriyentlarga davlat test imtihonlari oldidan o‘z bilimlarini sinab ko‘rish imkoniyatini berish maqsadida test sinovlari tashkil etildi.
Universitet talabalari tomonidan tayyorlangan innovatsion ishlanmalar, ijodiy ishlar ko‘rgazmasi ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi.
Izoh (0)