Meksikaning g‘arbiy qirg‘og‘i yaqinida 6,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda, AQSh geologiya xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Zilzila epitsentri Tinch okeani tubida, Meksikaning San-Pasifiko shahridan 91 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan edi. Ofat o‘chog‘i 33 kilometr chuqurlikdan o‘tdi.
Silkinishdan so‘ng shu hududda 5,5, 4,6 va 2,8 magnitudali uchta aftershok kuzatildi.
Izoh (0)