2020-yilga kelib dunyo bo‘ylab internet foydalanuvchilari soni 5 milliard kishidan oshib ketadi. Bu haqda Google’ning Rossiyadagi ofisi marketing bo‘yicha direktori Dmitriy Kuznetsov aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“O‘sha davrlarda (90-yillar) biz internet o‘n yoki yuz millionlab odamlarga yetib bordi, deb gapirgan bo‘lsak, bugun internet deyarli hammaga yetib borganini aytmoqdamiz. 2020-yilga kelib, bizning prognozimiz bo‘yicha, dunyoda 5 milliarddan ortiq internet foydalanuvchisi bo‘ladi, ularning ko‘pchiligi internetga smartfon orqali chiqadi”, — dedi u Google Think Performance konferensiyasidagi chiqishida.
Kuznetsov dunyoda o‘rtacha har 15 daqiqada 50 ming smartfon sotib olinayotganini qo‘shimcha tarzda aytib o‘tdi.
Izoh (0)