JCh—2018 3-saralash bosqichida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan Janubiy Koreya Yevro—2016 ning yana bir ishtirokchisiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.
Insbruk shahrida Chexiya termasi mehmoni bo‘lgan Janubiy Koreya 2:1 hisobida zafar quchdi. Koreyaliklar har ikkila golni ham birinchi bo‘limda kiritdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida hisob 1 taga qisqardi va boshqa o‘zgarmadi.Janubiy Koreya terma jamoasi 1-iyun kuni Yevro—2016 ning boshqa bir ishtirokchisi Ispaniyaga qarshi maydonga tushib, 1:6 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Ma’lumot uchun, Chexiya Yevro—2016 guruh bosqichida Xorvatiya, Ispaniya hamda Turkiyaga qarshi kurash olib boradi. Terma jamoa Janubiy Koreyaga qadar 1-iyun kuni Rossiya milliy terma jamoasini 2:1 hisobida taslim qilgan, 29-mart kuni esa Shvetsiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.
Janubiy Koreya terma jamoasi JCh—2018 3-saralash bosqichida O‘zbekiston, Eron, Qatar, Xitoy va Suriyaga qarshi raqobatga kiradi.
Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini 5-iyun, yakshanba