Bryussellik 27 yoshli Jonatan Kabben Kinyonez dunyo bo‘ylab sayohat qilib, xavfli va shunchaki go‘zal joylarda “Oyi, ishlarim joyida” (Mom, I’m fine) yozuvi tushirilgan plakat bilan suratga tushmoqda, deb yozadi TJournal. Suratlarning barchasini yigit o‘z Instagram’iga joylab boradi.
Uning Instagram sahifasi 1-aprelda ochilgan, u iyunga keliboq 55 ming obunachi to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Har bitta rasm va videoda sayohatchi plakat (yoki boshqa usullar) yordamida o‘z onasiga uning ahvoli joyida ekanligini bildiradi.
“Onam doim xavotir oladi. Yo‘lda ko‘pincha u bilan bog‘lanish qiyin bo‘lib qoldi, shu tufayli unga dunyoning go‘zalligini ko‘rsatib, o‘zimning ahvolim joyida ekanligini bildirish usulini o‘ylab topdim”, — dedi Jonatan.
Izoh (0)