Fransiyada avj olgan jala va toshqinlar qurbonlari soni to‘rt kishiga yetdi. Bu haqda, mamlakat bosh vaziri Manyuel Valsning bayonotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Shu paytga qadar to‘rt kishi halok bo‘ldi, 24 kishi yaralandi”, — dedi u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
Vals, shuningdek, aholini xavfsizlik choralariga rioya etishga chaqirdi.
Ilgariroq bir necha kundan buyon Fransiyada jala va u keltirib chiqarayotgan toshqinlar tinmayotgani xabar qilingan edi. Kecha, 3-iyun kuni Sena daryosida suv sathi me’yoridan 6 metrga balandroqqa ko‘tarilgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)