Fransiyadagi Sena daryosida suv sathi me’yoridan 6 metrga balandroqqa ko‘tarildi va bu ko‘rsatkich yuqorilashda davom etmoqda, deb xabar beradi “TASS”.
Fransiya ekologiya vazirligi suv sathining muntazam oshib borayotganidan ogohlantirmoqda.
Ilgariroq bir necha kundan buyon Fransiyada jala va u keltirib chiqarayotgan toshqinlar tinmayotgani xabar qilingan edi.
Il-de-Frans mintaqasi madaniyat departamenti mutaxassislari, suv sathi ordinardan 7,3 metrga oshsa, Parijning Sena bo‘yida joylashgan muzeylari xavf ostida qolishi mumkinligini bildirmoqda. Ayni paytda Luvr, Orse va Branli muzeylari yopildi, muassasalarda qimmatbaho san’at asarlarini yuqori qavatlarga chiqarish bo‘yicha shoshilinch ishlar olib borilmoqda.
Bundan tashqari, bir qismi Sena bo‘yidagi tunneldan o‘tadigan muhim temir yo‘l marshruti yopildi. Hozirda mutaxassislar tunneldagi derazalarni berkitmoqda.
Xavf ostida qolgan hududlarni toshqindan qutqarish maqsadida Sena qirg‘oqbo‘yida suv o‘tkazmaydigan yirik qalqonlar o‘rnatilmoqda.
Izoh (0)